Qonunchilikka ko‘ra, tajriba-sinov tariqasida 2025 yil 1 fevraldan Toshkent shahridagi, 2025 yil 1 iyuldan esa qolgan barcha davlat MTTlarida xodimlar va tarbiyalanuvchilarning
— elektron davomatini yuritish,
— ish vaqti tabelini shakllantirish,
— tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida hisoblash,
— ota-onalar to‘lovi hamda boshqa to‘lovlar
"Bolalar bog‘chasi" axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” MChJ maktabgacha va maktab ta’limi sohasida axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni yaratish va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish, amaliyotga joriy etish, ularni takomillashtirish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim operatori hisoblanadi hamda Vazirlikning buyurtmalari asosida ta’lim sohasiga oid loyihalarni amalga oshiradi.