Bolalar orasida kasalliklarning o‘sishi va turli xil kasalliklar tufayli bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari hanuz yuqori.
Shu munosabat bilan Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi huzurida masʼul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilib, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yana-da yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kirishildi. Ishchi guruhga mavjud qonunchilikning ijrosi va zarur tahliliy maʼlumotlar tayyorlash bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
Majlis yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlar bolalar sog‘lig‘i va ularning farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.
🔍 Hukumatimiz bolalar tibbiy yordamini yaxshilashga doir islohotlarni davom ettirish niyatida. Sog‘lom avlod – yorqin kelajak demakdir!