Davlat xizmatlaridan foydalanish yana-da osonlashadi

“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (847-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 5 turdagi davlat xizmatlari proaktiv tarzda hamda 6 turdagi davlat xizmatlari kompozit tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda.

 

Bunda:

 

Quyidagi davlat xizmatlarini proaktiv tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda:

- elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish;

- tabiiy gazni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish;

- ichimlik suvini hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish;

- issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish;

- xususiy bandlik agentliklarini Xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kiritish.

 

Proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz vakolatli organlar tashabbusi bilan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari.

 

Shuningdek, quyidagi davlat xizmatlarini kompozit tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda:

 

🔸ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ushbu manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish;

 

🔸 ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish va ushbu manzilga vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish;

 

🔸 davlatga tegishli bino yoki inshootni bir yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga berish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

 

🔸 “E-auksion” elektron savdo platformasida ko‘chmas mulk obyektlarini sotish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

 

🔸 tibbiy faoliyat uchun litsenziya bilan birga rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olish;

 

🔸 xavfli yuklarni tashish uchun sig‘imlarning yaroqliligi to‘g‘risida xulosa bilan birga yadroviy va radioaktiv materiallar, radiatsiya manbalari, radioaktiv chiqindilar va qurilmalarni tashish shartlari va usullarining sanitariya qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olish.

 

❕Kompozit davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning bitta murojaati asosida vakolatli organlar tomonidan ko‘rsatiladigan ikki va undan ortiq davlat xizmatlari majmuasi.

 

Bundan tashqari, quyidagi 2 turdagi ruxsat etish xususiyatiga ega davlat xizmatlarini ko‘rsatish pasportlari tasdiqlandi:

 

- maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik vositalar va materiallar polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini (BAD) olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma;

 

- madaniy boyliklarni O‘zbekistondan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat olish.

 

Quyidagi 3 turdagi faoliyat turlarini xabardor etishni nazarda tutuvchi davlat xizmatlarini ko‘rsatish pasportlari tasdiqlandi:

 

▪️bojxona brokeri faoliyati;

 

▪️xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyat;

 

▪️nodavlat arxivlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyat.

 

⚠️Shu munosabat bilan, belgilangan nodavlat arxivlar faoliyatini tashkil etishga doir ortiqcha tartiblar bekor qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish