Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilmoqda

Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida “Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar киритиш тўғрисида”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Mazkur Qonun aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Qonun bilan aholiga pensiya tayinlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini faol tatbiq etgan holda, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yana-da oshirish мақсадида “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonunga pensiya olish yoshiga to‘lgan (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh) fuqarolarga yoshga doir pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibini belgilashga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Mazkur tartib amaliyotga tatbiq etilishi natijasida fuqarolardan pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish talab etilmaydi.

Bundan tashqari, pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida pensiya tayinlash haqida қарор қабул qilinganida ularning telefon raqamlariga pensiya tayinlanganligi va uning miqdori тўғрисида sms xabar yuboriladi.

Qonunda shuningdek, fuqaro pensiya yoshiga yetib, ammo mehnat faoliyatini davom ettirib, keyinroq yoshga doir pensiya olish istagi bo‘lganida, proaktiv shaklda tayinlangan yoshga doir pensiyani rad qilish tartibini ham joriy etish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, Qonunga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga barcha nafaqalarni tayinlash va to‘lash Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakolatiga o‘tkazilgani munosabati bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunlarga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlarning fikricha, belgilanayotgan normalar fuqarolarga pensiya taʼminoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirishga hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etilishiga xizmat qiladi.

Qizg‘in muhokamadan so‘ng Qonunning dolzarbligi va zarurligini eʼtiborga olib, u senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish