“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari

Qonunchilikka ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda quyidagi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining QQS summasi qaytarib beriladi:

🔵Qo‘y go‘shti;
🔵Parranda go‘shti;
🔵Mol go‘shti;
🔵Tuxum;
🔵O‘simlik yog‘i;
🔵Un;
🔵Shakar;
🔵Dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

Ushbu xaridni soliq mobil ilovasida, xarid chekining fiskal belgisini ro‘yxatdan o‘tkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to‘lov o‘rniga, xarid summasida to‘langan QQS summasi qaytariladi.

📌 Bunda QQS summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha (3 mln 750 ming so‘mgacha) bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshiriladi.

#Qonunchilik #Huquqiy_axborot

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish