“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun

O‘zbekiston Respublikasida ilmiy sohani tartibga soluvchi eng muhim hujjatlardan biri bu “Ilm fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonundir. U 2019 yil 22 iyul kuni qabul qilingan va rasmiy e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kirgan.

Bu qonun ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar, o‘qituvchilar, talabalar hamda ilm bilan shug‘ullanayotgan barcha fuqarolar uchun huquqiy asos hisoblanadi. U ilmiy faoliyatni qo‘llab quvvatlash, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish va yosh olimlarga imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.


Ushbu qonunning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida ilm fan sohasini rivojlantirish, ilmiy faoliyatni tartibga solish va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlashdir.

Ilmiy faoliyat deganda, insoniyat hayotidagi hodisalar, jarayonlar va ob’ektlarning mohiyatini o‘rganish, ularni tahlil qilish hamda amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan ish tushuniladi. Bu jarayon ilmiy yangilik yaratish va uni jamiyat foydasiga xizmat qildirishga qaratilgan.


Asosiy tamoyillar

Qonunda ilm fan sohasida amal qiladigan bir qator muhim tamoyillar belgilangan. Ularning eng muhimlari quyidagilar: 

Ilmiy ijod erkinligi, ya’ni olimlar o‘z fikrini erkin ifoda etish va tadqiqot yo‘nalishini mustaqil tanlash huquqiga ega bo‘lishi.
Adolat va xolislik, ya’ni ilmiy natijalar faqat dalillar asosida baholanishi. 
Axborot erkinligi, ya’ni ilmiy ma’lumotlarning ochiqligi va ishonchliligi ta’minlanishi.
Samaradorlik va raqobat, ya’ni foydali natija bergan ilmiy ishlarga rag‘bat berilishi. 
Inson va tabiatga zarar yetkazmaslik, ya’ni ilmiy faoliyat ekologik va axloqiy me’yorlarga asoslanishi.

 

Qonun har bir olim, tadqiqotchi va ilmiy xodimning huquqlarini aniq belgilab beradi. Ular ilmiy izlanish olib borish, natijalarni himoya qilish, intellektual mulk sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish, patent olish va natijalarni tijoratlashtirish huquqiga egalar.

Shuningdek, ular davlat tomonidan moddiy rag‘batlantirish, grant va stipendiyalar olish imkoniga ega bo‘lishadi. Bu esa ilm bilan shug‘ullanayotgan insonlar uchun qo‘shimcha turtki beradi.

Qonunning ahamiyati

Bu qonun nafaqat olimlar uchun, balki butun jamiyat uchun katta ahamiyatga ega. Chunki ilm fan taraqqiyotining negizidir. Yangi texnologiyalar, sog‘liqni saqlashdagi yutuqlar, ekologik yechimlar va ta’limdagi islohotlarning barchasi ilmiy faoliyat natijasidir.

Demak, ushbu qonun orqali davlat, ilmiy muassasalar va fuqarolar o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanadi. Yoshlar endi ilmiy faoliyatni tanlagan taqdirda, ular uchun grantlar, laboratoriyalar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari yaratiladi.

 

Qonun yosh olimlarga alohida e’tibor beradi. Ular ilmiy izlanish olib borish, ilmiy darajalar olish va o‘z ishlanmalarini amaliyotda qo‘llash imkoniga ega bo‘ladilar. Shuningdek, O‘zbekiston olimlari xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikda ishlash huquqiga ega. Bu esa tajriba almashish, yangi texnologiyalarni o‘rganish va xalqaro miqyosda tanilish imkonini beradi.

 

“Ilm fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonda ilmiy fikr, ijod va tadqiqot erkinligini kafolatlaydi. U ilmiy kadrlar tayyorlash, natijalarni amaliyotga joriy etish va yoshlarning ilmga qiziqishini oshirish uchun poydevor yaratadi.

Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuning ijrosi holati atroflicha o‘rganilmoqda.

Shu maqsadda joriy yilning 8 may kuni mazkur Qo‘mita raisi Baxrom Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari Toshkent shahridagi qator ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.

Jumladan, Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Biorganik kimyo instituti, shuningdek, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrif buyurib, ilmiy faoliyatni tashkil etish, yaratilgan shart-sharoitlar, tadqiqot ishlarining mazmuni va ularning amaliyotga tatbiq etilishi bo‘yicha tahlillar olib borildi.

Tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar va olimlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari eshitildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish