Bugun, 8-yanvar kuni, O'zbekiston Respublikasi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo'yicha qo‘mitasi investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasini muhokama qildi.
📑 Qonun loyihasida qanday o'zgarishlar kutilyapti?
🔹 Investitsiya faoliyatini asossiz tekshiruvlardan himoya qilish va investorlarning huquqlarini kafolatlash nazarda tutilgan.
🔹Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonada ustav fondining kamida 15 foizi chet el investitsiyalarini tashkil etishi lozimligi to‘g‘risidagi amaldagi norma 10 foizga tushirilmoqda.
🔹 Yangi tushuncha: “Ustuvor investitsiya loyihasi” tushunchasi kiritilib, loyiha hajmiga qarab imtiyozlar taqdim etiladi.
#Investitsiyalar #YangiQonun