Mudofaa vazirligi “Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va maʼlumotlar bazasi” axborot tizimining “Chaqiruv” tizimosti dasturi barcha mudofaa ishlari boshqarma va bo‘limlariga tatbiq qilinib, elektron maʼlumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Ichki ishlar vazirligining “Manzil”, Adliya vazirligi huzuridagi “Xorijga chiqish pasporti”, “Yoshlar balansi” hamda “Elektron hukumat” platformalari integratsiya qilinib, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga oid maʼlumotlar elektron bazasi yaratilgan.
Natijada mudofaa ishlari organlarining fuqarolarga harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish faol davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Ularga oid maʼlumotlarni taqdim qilish bilan bog‘liq masalalarda byurokratizm va boshqa to‘siqlarga barham berilgan.
Mudofaa vazirligi tizimida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2024-yilning 11-oyida Mudofaa vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan 3 241 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1 342 tasi ijobiy hal etilgan, 1 526 ta murojaatga huquqiy maslahat berilgan va 115 tasi o‘rganib chiqilmoqda (https://senat.uz/events/post-3063).