O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

15.11.2025 18:58
1531

15-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi doirasida Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Suhbat boshida Ilhom Aliyev uchrashuvga taklif uchun minnatdorlik bildirdi. Shavkat Mirziyoyev esa Ozarbayjon xalqini 8-noyabr - G‘alaba kunining besh yilligi bilan tabrikladi.

Tomonlar iyul oyidagi oliy darajadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi, O‘zbekiston–Ozarbayjon strategik sherikligini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Amaliy hamkorlik izchil davom etayotgani qayd etildi.

Joriy yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 15 foizga oshgani, avtomobilsozlik, energetika, turizm va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalar faol bosqichga kirgani aytildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish