Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Vakillar palatasi Spikeri bilan uchrashdi

19.12.2025 12:49
1511

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tokio shahriga rasmiy tashrif doirasida Yaponiya Parlamentining Vakillar palatasi spikeri Fukushiro Nukaga bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash hamda koʻp qirrali, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat parlament delegatsiyalari oʻrtasidagi uchrashuv va tashriflar faol tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlarda doʻstlik guruhlari ish olib bormoqda, may oyida Tokioda navbatdagi parlamentlararo forum muvaffaqiyatli oʻtkazilgan.

Shuningdek, uchrashuvda parlament qoʻmitalari, mahalliy kengashlar va Yaponiya prefekturalari assambleyalari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish