Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-iyuldan yuridik shaxslarga nisbatan yadroviy xavfsizlik talablarini buzganlik uchun jarimalar qo‘llanilishi joriy etiladi.
🟢xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablarini buzganlik uchun;
🟢radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq qoidalar va boshqa talablarni buzganlik uchun;
🟢istirohat bog‘lari attratsionlarini ekspluatatsiya qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun.
Shuningdek, O‘zbekiston 4-ta xalqaro shartnomaga qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.
🟢Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi (Vena, 1963-yil 21-may);
🟢Yadroviy avariyalari yoki radiatsiyaviy avariya holatlarida yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1986-yil 26-sentabr);
🟢Yadroviy avariya haqida tezkor xabar berish to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1986-yil 26-sentabr);
🟢Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1994-yil 17-iyun).
Bundan tashqari, 2025-yilda quyidagi qonunlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda:
🟢“Kimyoviy xavfsizlik to‘g‘risida”;
🟢“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”;
🟢“Radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish to‘g‘risida”.