Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi

08.10.2025 21:09
2906

8-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda tarmoqda ishlab chiqarish 16,3 foizga oshib, 34 trillion so‘mga yetdi, eksport hajmi esa 970 million dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushi va misni chuqur qayta ishlashni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Taqdimotda ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, kredit va soliq imtiyozlari berish, elektronika hamda yarim o‘tkazgichlar sohasiga kirib borish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Umuman olganda, 2,1 milliard dollarlik 157 ta loyiha shakllantirilgan bo‘lib, ular orqali 14,5 ming yangi ish o‘rni yaratiladi.

Prezident milliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, eksport hajmini ikki barobar oshirish va yangi loyihalarni tezkor amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish