Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida hamkorlikning yangi tashabbuslarini ilgari surdi

08.10.2025 21:34
3260

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda strategik sheriklikni mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Davlat rahbari hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni yengillashtirish maqsadida “Markaziy Osiyo – Rossiya agroekspressi” loyihasini ishga tushirishni taklif etdi.

Shuningdek, transport, logistika va aviatsiya sohalarida milliy dasturlarni uyg‘unlashtirish uchun Transport-logistika konturini ishlab chiqish, Buxoroda sanoat injiniring habi, Toshkentdagi “Innoprom. Markaziy Osiyo” forumini mintaqaning asosiy innovatsiya maydoni sifatida rivojlantirish taklifi bildirildi.

Prezident atom energetikasi yo‘nalishida Mintaqaviy kompetensiyalar markazini O‘zbekistonda tashkil etish, “Skolkovo” innovatsiya markazi filiallarini ochish, shuningdek, “Kelajak muhandislari” konsorsiumini tuzish tashabbusini ham ilgari surdi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari energetik hamkorlikni kengaytirish, “yashil” texnologiyalarni joriy etish, yosh olimlar uchun maxsus grantlar dasturini yo‘lga qo‘yish, madaniyat va san’at sohasida Etnomadaniyat forumini har yili o‘tkazish taklifini bildirdi.

Terrorizm, ekstremizm va kiberxavflarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma choralar ko‘rish, shuningdek, Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi maslahatlashuvlar o‘tkazish zarurligi ham ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish