Endilikda davolanishi davlat hisobidan qamrab olinadigan orfan va irsiy-genetik kasalliklarning soni 5 tadan 10 taga kengaytiriladi, yosh chegarasi 18 dan 21 ga uzaytiriladi.
Taklif etilayotgan chora-tadbirlarga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi o‘rtacha 40-50 foizga tushishi kutilmoqda.
Shifoxonalarda sifatsiz mahsulotlar xaridi va korrupsion omillarni bartaraf qilish maqsadida barcha endilikda davlat xaridlari “farma.xarid.uz” maxsus elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Mazkur elektron tizim ishga tushirilganidan so‘ng davlat xaridlarida faqat ishlab chiqarish, yetkazib berish va mahsulot xavfsizligi bo‘yicha barcha zarur sertifikatlarga (GMP, ISO:13485 GDP) ega ishtirokchilar qatnasha oladi.