Yer qaʼri to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi

Yangi qonunga muvofiq, O‘zbekiston hududidagi yer qaʼri va unda tabiiy yo‘l bilan joylashgan barcha foydali qazilmalar davlat mulki deb hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.


Ushbu mulk huquqi har qanday shaxsning yerga yoki suvga bo‘lgan huquqiga taʼsir qilmasdan qo‘llaniladi.


Davlat tomonidan yer qaʼridan foydalanish belgilangan shartlar va asoslar bo‘yicha ruxsat etiladi. Yer qaʼri uchastkalari oldi-sotdi, hadya, meros qilib qoldirish, omonat, garov predmeti bo‘lishi yoki har qanday boshqacha shaklda o‘zga shaxsga o‘tkazilishi mumkin emas.


Davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar quyidagilar:


- Vazirlar Mahkamasi;


- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;


- Energetika vazirligi;


- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;


- Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi;


- «Yer qaʼridan foydalanish markazi» davlat muassasasi;


- mahalliy hokimiyat organlari.


Qonun rasmiy eʼlon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish