Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxanov Izboskan tumanidagi 16-Yangiqishloq saylov okrugida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “Gudur” va “Toshloq” mahallalarida suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berishdagi muammolar muhokama qilindi va qisqa muddatda qo‘shimcha 7 ta gaz ballon mashinasini yetkazish orqali masala hal qilindi. Shuningdek, “Gudur” mahallasidagi yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqilib, hozirda yo‘lning katta qismi tekislanib, shag‘al yotqizildi.
Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra, asfaltlash ishlari bahor-yoz oylariga rejalashtirilgan.
Ushbu sa’y-harakatlar aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
#Izboskan #Senat