Joriy yilning 27-noyabr kuni, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi "Yuksalish" umummilliy harakati bilan hamkorlikda "Aholini subsidiya asosida arzon uy-joy bilan taʼminlash" mavzusida jamoatchilik eshituvi tashkil etildi!
Tadbirga Senat aʼzolari, Qoraqalpog‘iston va mahalliy Kengashlar, mutasaddi vazirliklar va OAV xodimlari qatnashdi.
Mazkur eshituvda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa tashkilotlardan mutaxassislar o‘zlarining maʼruzalari bilan chiqish qildilar. Ipoteka kreditlarida subsidiyalarni taqdim etishdagi insofsizlik xavflari va bu boradagi takliflar qizg‘in muhokama qilindi.
📈 Uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ipoteka kreditlarini kengaytirish va shu jumladan, yer resurslaridan oqilona foydalanish kabi masalalar muhim eʼtiborga olindi.
Muhokamalar natijasida, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash bo‘yicha yangi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mutasaddi idoralarga taqdim etilishiga qaror qilindi.
#UyJoy #Subsidiya #Senat