Davlat dasturi loyihasi bo‘yicha Namangan viloyati yoshlari bilan muhokama tashkil etildi

21.01.2025 10:23
1110

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov hamda Namangan viloyati yoshlari o‘rtasida Davlat dasturi loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlarga ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kabi mavzularda yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, 2025-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasi yuzasidan fikr almashildi va yoshlarning takliflari ko‘rib chiqildi.

Xususan, yoshlar tomonidan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ekologik muammolarni hal etish va qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni rivojlantirish kabi qiziqarli g‘oyalar ilgari surildi. Odiljon Mamatkarimov yoshlarga faol ishtiroki va ularning kreativ g‘oyalarini qadrlashini ta’kidlab, ularni o‘z orzulari sari dadil qadam tashlashga undadi. U, shuningdek, Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan islohotlar yoshlar uchun ko‘plab yangi imkoniyatlar yaratishini qayd etdi.

Mazkur uchrashuv Davlat dasturini xalqaro va mahalliy ehtiyojlarga moslashtirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘lib, yoshlarning mamlakat taraqqiyotidagi rolini mustahkamlashga qaratilgan.

 
 
Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish