2023 yilda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 31 yilligi doirasida Fransiya Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti hududida buyuk astronom olim va matematik Mirzo Ulug‘bek haykali ochilgan.
Mirzo Ulug‘bekning misdan barpo etilgan haykali muallifi — samarqandlik haykaltarosh Umirzoq Sharipov. Ushbu yodgorlikning bo‘yi 240 santimetrni tashkil etadi.
Shuningdek, 2019 yili Fransiyaning Ruey Malmezon shahrida Buxoro viloyati hokimligi ko‘magida “O‘zbek bog‘i” yaratilgan edi.