Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda “Milliy kontent” NNT hamkorligida Toshkent xalqaro universiteti talabalari bilan “Konstitutsiya — yoshlar nigohida” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbir davomida yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati hamda undagi asosiy o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar tarzida oʻtkazilgan muloqotda Konstitutsiya davlatning Asosiy qonuni sifatida shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi ta’kidlandi.
Muloqot chog‘ida yangi tahrirdagi Konstitutsiya inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik, tenglik va taraqqiyot tamoyillariga asoslangan adolatli davlat qurish uchun mustahkam huquqiy asos yaratib bergani alohida qayd etildi.