“Mahalla yettiligi” va aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda

04.02.2025 14:00
56

Hozirda Oliy Majlis Senati aʼzolari hududlarda mahalliy Kengash deputatlari, “mahalla yettiligi” va aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Uchrashuvlarda aholini qiynayotgan muammolarga alohida eʼtibor qaratilib, Senatning uchinchi yalpi majlisida qabul qilingan qonunlar va ko‘rib chiqilgan masalalar tafsilotlari batafsil tushuntirilmoqda.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxonov Andijon viloyati Kengashi deputati Tolibjon Madumarov bilan birga Izboskan tumani “Toshloq” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan muammolarni, xususan, mahalla uchun ajratilgan qabristonning hujjatlari bilan bog‘liq masalani va boshqa tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam so‘rashdi.

Qo‘mita raisi ushbu muammolarni o‘rganib chiqib, qonun doirasida hal qilishni taʼkidlab o‘tdi. Senatorning aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish