Budapeshtga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok bilan uchrashdi.
Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning so‘nggi yillarda jadallashgani va strategik sheriklik darajasiga yetgani ta’kidlandi. Shuningdek, tarixiy, an’anaviy va madaniy qadriyatlarning mushtarakligi davlatlararo aloqalarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynayotgani qayd etildi.
Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, hududlararo aloqalarni rivojlantirish va ishbilarmon doiralari orasidagi savdo aloqalarini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratdi.
2026-yil O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida “Madaniyat, fan va innovatsiyalar yili” deb e’lon qilingani, shu munosabat bilan ikki davlatda qator yirik tadbirlar o‘tkazish rejasi ham muhokama qilindi.
Shuningdek, parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish va davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga joriy etish muhimligi qayd etildi.