Bugun, 23-oktabr sanasida Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 59-yalpi majlisi boshlandi.
Mazkur tadbirda Senat a’zolari, hukumat vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchilik qilmoqda.
Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.