O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida Mudofaa va xavfsizlik hamda Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitalarining qo‘shma majlisi o‘tkazildi.

30.11.2024 12:00
42

Yig‘ilishda "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonunning ijrosi va uning ijtimoiy ahamiyati muhokama qilindi.


🔍 Hozirda aholi o‘rtasida yod yetishmasligi bilan bog‘liq holatlar 20 yil davomida 2,5 baravar kamayganiga qaramay, mamlakatimiz hali ham og‘ir hududlardan biri hisoblanadi. 


📌Yodli tuz va mahsulotlar ishlab chiqarishda xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish zarur.


2024 yilning 9 oyi davomida o‘tkazilgan tekshiruvlarda yod miqdori talabga javob bermaydigan mahsulotlar aniqlangan.


⚠️ Noqonuniy faoliyat: Sirdaryo viloyatida hech qanday hujjatsiz tuz ishlab chiqarayotgan 4 ta korxona faoliyati aniqlandi. Ularda talablarga javob bermaydigan mahsulotlar tayyorlanib, sotuvga chiqarilgan.


👉 Yig‘ilish yakunida qo‘mitalar tomonidan aniq takliflar ishlab chiqildi va qo‘shma qaror qabul qilindi.


#senat #yod_tanqisligi #oziqovqat

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish