O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida MDH Parlamentlararo Assambleyasining 57-sessiyasida qatnashdi.

Majlisda parlament aʼzolari saylov jarayonlarini xalqaro kuzatuvchilar orqali demokratiyani rivojlantirishdagi ahamiyatini muhokama qildilar. Bugungi kunda MDH Parlamentlararo Assambleyasi demokratik tamoyillarni rivojlantirish, parlamentarizm va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, shuningdek, xalqlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishda muhim rol o‘ynamoqda.


Hozirgacha Assambleya 100 dan ortiq saylov kampaniyalarini kuzatishda ishtirok etdi, bu jarayonlarda O‘zbekiston parlamenti aʼzolari faol qatnashmoqda.


Ishtirokchilar O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashining faoliyatini alohida taʼkidlashdi.


Majlisda O‘zbekiston parlament delegatsiyasi ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, qonun ijodkorligi tashabbuslarini ilgari surish va O‘zbekiston manfaatlariga xizmat qiladigan model qonunlar hamda tavsiyalarni qo‘llab-quvvatladi.


#Senat #Parlament #MDH #Hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish