O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi energetika vaziri Parviz Shahbozovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va iliq tilaklarini yetkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar barcha darajadagi aloqalar faol rivojlanib borayotgani, o‘zaro savdo hajmi barqaror oshayotgani va energetika sohasidagi hamkorlik samarali yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shuningdek, neft va gaz sohasi, geologiya-qidiruv ishlari, “yashil” energetikani rivojlantirish hamda kimyo sanoatida qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish