Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari birgalikda daraxt ekdilar

Oʻzbekiston va Paragvay oʻrtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, Koʻksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Santyago Penya Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekib, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va sherikchilikni mustahkamlashga intilishlarini ramziy tarzda koʻrsatdilar. Bu harakat ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochilishining belgisidir.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish