O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Toshkentda uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi doirasida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning bajarilishi ko‘rib chiqildi. Xususan, o‘zaro savdoni oshirish, sanoat, transport, energetika va infratuzilma yo‘nalishlaridagi qo‘shma loyihalarni tezlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Hududlararo hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Prezidentlar mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish