O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirdi

Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev bir qator yirik kooperatsiya loyihalarining ishga tushirilishida qatnashdi.

Marosimda “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi hamda “Tenge Bank”ning Toshkentdagi yangi bosh ofisi rasman ish boshladi.

Bundan tashqari, “Silkway Central Asia” ko‘p tarmoqli logistika markazi, chiziqli alkilbenzol ishlab chiqarish quvvatlari, Yangi Toshkentdagi “Ostona” mavzesi, shuningdek Toshkent va Ostona shaharlarida quriladigan yangi mehmonxona majmualari bo‘yicha ishlar boshlangani ma’lum qilindi.

Ikki davlat rahbarlari ushbu loyihalar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning yanada kengayishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish