14-oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning o‘sish sur’atlarini saqlash, hududlararo kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, gumanitar sohada, xususan madaniyat, san’at va ta’lim, jumladan muhandis kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlikning kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.