O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdilar

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhidagi munosabatlarni yanada kengaytirishning dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga alohida ahamiyat qaratdi. Hududlararo hamkorlikni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuvlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish