24-mart kuni Oliy Majlis Senati a’zosi O.Mamatkarimov Vyetnam elchisi Dan Min Kxoy bilan uchrashdi. Muhokamada savdo-iqtisodiy aloqalar, turizm va madaniyat sohalaridagi hamkorlikka e’tibor qaratildi.
Ma'lumot uchun:
2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi $189,3 mln
Eksport: $17,7 mln, import: $175,6 mln.
Shuningdek, uchrashuvda turizm sohasidagi ulkan salohiyatga eʼtibor qaratildi. Davlatlar fuqarolari o‘rtasida o‘zaro turistik tashriflarni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
Muloqot davomida joriy yil 5-9-aprel kunlari Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi o‘tkazilishi haqida maʼlumot berildi. Taʼkidlanganidek, ushbu nufuzli tadbir tarixda birinchi bor O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda va unda Parlamentlararo ittifoqning 190 ga yaqin aʼzo davlatlaridan 2 000 nafarga yaqin parlament aʼzolari ishtirok etadi.
Elchi Vyetnam Milliy Majlisi Raisi Chan Txan Man boshchiligidagi 120 nafarga yaqin delegatsiya aʼzolari ham mazkur Assambleyada ishtirok etishini maʼlum qildi.
Uchrashuv yakunida Parlamentlararo ittifoq anjumaniga tayyorgarlik ishlari, tashkiliy masalalar va ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
#Vyetnam #Hamkorlik #Parlament