"O‘zgarishlar zanjiri: o‘tmish yukidan hozirgi ehtiyojlarga va umumiy kelajak sari" mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

20.11.2025 16:00
1865

Toshkent shahrida mehnat huquqlarini himoya qilish, masʼuliyatli ishlab chiqarish va to‘qimachilik sanoatida barqaror standartlarni joriy etishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman – “O‘zgarishlar zanjiri: o‘tmish yukidan hozirgi ehtiyojlarga va umumiy kelajak sari” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etdi.

Anjumanda BCI tomonidan amalga oshirilgan asosiy islohotlar – sertifikatlash tizimiga to‘liq o‘tish, regenerativ qishloq xo‘jaligi standartlarini joriy etish, monitoring va xalqaro sheriklikka asoslangan yondashuv natijalari taqdim etildi. Taʼkidlanganidek, O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar tufayli xalqaro miqyosdagi boykot bekor qilinib, mamlakat to‘qimachilik sanoati barqaror, shaffof va global bozorga integratsiyalangan sanoatga aylangan.

Uchrashuv yakunida ishtirokchi tomonlar o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi va kelgusidagi hamkorlik uchun “yo‘l xaritasi” belgilab olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish