Oliy Majlis Senatining yig‘ilishida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.
Assambleya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2025-yil 5-9-aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir dunyo bo‘ylab 190 ga yaqin mamlakatlar parlamentlarini birlashtiradi va yiliga ikki marta o‘tkaziladi. Assambleyaning asosiy mavzusi "Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati" deb belgilangan.
Bu tadbir Markaziy Osiyoda birinchi marta o‘tkazilmoqda.
Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasining O‘zbekistonda o‘tkazilishi:
- dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, O‘zbekiston parlamenti faoliyati bilan tanishish;
- 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyani amalga oshirishda parlamentlarning ishtirokini kengaytirish;
- barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish;
- inson huquqlari;
- gender tengligi;
- yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish;
- iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda parlamentlar hamkorligini ko‘rib chiqish imkonini beradi.