Parlamentlararo ittifoqning Maʼmuriy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

18.10.2024 12:50
30

Tadbir ishtirokchilari Vatanimizning boy tarixi, madaniy merosi va zamonaviy taraqqiyoti haqida taqdim etilgan maʼruza va videorolikni iliq qarshi oldilar.


Yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish, aholi farovonligini oshirish, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek, barqaror rivojlanish uchun demokratik islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.


Kengash aʼzolari va xalqaro hamkorlar kelgusi Assambleyani o‘tkazish uchun O'zbekistonga tashrif buyurishadi. Ushbu tashabbus katta qiziqish va minnatdorchilik bilan qabul qilindi.


Ma'lumot o'rnida, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan 150-yubiley Assambleyasi parlamentlararo global hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga va O‘zbekiston hamda butun Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro obro‘sini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


#parlamentlararo_ittifoq #hamkorlik #senat

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish