Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) prezidenti Muhammad bin Sulaym boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda FIA bilan avtomobil sportini rivojlantirish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, sportchilarning tayyorlanishi va zamonaviy avtosport infratuzilmasini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Muhammad bin Sulaym Oʻzbekistonda sport va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish ishlarini yuqori baholadi. FIA universiteti imkoniyatlaridan foydalangan holda kartingdan “Formula” poygalarigacha bo‘lgan yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash va xalqaro musobaqalarni oʻtkazish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev FIA rahbariga Oʻzbekistonning “Doʻstlik” ordenini topshirdi. Oʻzbekiston 2019-yildan buyon federatsiyaning faol aʼzosi hisoblanadi va bu yilgi tadbir doirasida 12-dekabr kuni “Humo Arena”da eng namunali sportchilar va jamoalarni taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish