“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr O‘zbekiston va Qozog‘iston madhiyalarini ijro etdi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, delegatsiya a’zolari bilan salomlashdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 15-noyabr kuni davom ettiriladi.