Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Oliy vakili Kaya Kallas bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida global va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar muhokama qilinib, Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e’tibor qaratildi. Murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramay, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Saida Mirziyoyeva ochiq va mazmunli muloqot uchun Kallas xonimga minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida yangi qadamlarni intiqlik bilan kutayotganini qayd etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish