Senatda “Better Cotton Initiative” delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

19.11.2025 23:00
1038

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yannis Bellingxauzen boshchiligidagi “Better Cotton Initiative” (BCI) xalqaro tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning BCI bilan hamkorligi, xususan qishloq xo‘jaligi barqarorligini oshirish, munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish va paxta-to‘qimachilik zanjirlarida shaffoflikni ta’minlashdagi qo‘llab-quvvatlashi muhokama qilindi.

Shuningdek, BCI standartlarini milliy darajada joriy etish, auditorlarni tayyorlash, sertifikatlash xarajatlarini kamaytirish va xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston ishtirokini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida mamlakat kelajakda qo‘shma loyihalarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish