O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida “Konstitutsiya oyligi” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir 8-dekabr – Konstitutsiya kuni arafasida aholining konstitutsiyaviy madaniyatini oshirish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga qaratildi.
Uchrashuvda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalari ishtirok etdi. Ishtirokchilar Senat faoliyati, qonunchilik jarayoni va konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot oldi.
Tadbir davomida Qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish masalalari bo‘yicha ochiq muloqot va fikr almashinuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar parlamentning yoqori palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo‘ldi.