Uchrashuv davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularga berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish va ayollar huquqlarini taʼminlashda davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi saʼy-harakatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga yurtimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlar va ularning samaralari, Senat faoliyatidagi yangiliklar va Yoshlar parlamenti haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
O‘z navbatida, talabalar tomonidan bir qator muhim tashabbus va takliflar ilgari surildi. Uchrashuvdan so‘ng talaba yoshlar Senat binosi va faoliyati bilan tanishdi.