Senatda sud hokimiyatining ochiqligi va mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi

27.11.2025 21:00
1735

Oliy Majlis Senatida sud hokimiyatining ochiqligi va mustaqilligini targ‘ib qilish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Prezident Administratsiyasi, Senat rahbariyati va aʼzolari, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Konstitutsiyaviy sud va Bosh prokuratura mutasaddilari, sudyalar, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda oliy yuridik taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Prezidentning 2025 yil 24 noyabrda qabul qilingan PF–227-sonli Farmoni mazmun-mohiyati, sud-huquq sohasidagi 9 yillik keng ko‘lamli islohotlar, sud tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini yangilash, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash va tanlash, odil sudlovga ishonchni oshirish borasidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, sud tizimida “yagona darcha” prinsipi, videokonferensaloqa orqali ishlarni ko‘rish amaliyoti, sudlarning moliyaviy mustaqilligi va jamoatchilikka muntazam axborot yetkazish mexanizmlari joriy etilgani qayd etildi. Tadbir ishtirokchilari odil sudlovni amalga oshirish va sudlarning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha fikr almashdi hamda “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida adolatli sud tizimini rivojlantirishda hamkorlikka kelishib oldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish