Senatda yoshlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

20.11.2025 18:00
1264

Oliy Majlis Senati binosida 20-noyabr – Butunjahon bola huquqlari kuni munosabati bilan «Bizning huquqimiz, bizning ovozimiz» mavzusida butun respublika bo‘ylab yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Bolalar ombudsmani, YUNISEF vakolatxonasi rahbari, taʼlim va yoshlar ishlari vazirliklari vakillari, 400 nafardan ortiq yoshlar va 200 nafar ekologiya faollari qatnashdi.

Ochiq muloqot bolalar huquqlari, ijtimoiy himoya, taʼlim va ekologik masalalarga bag‘ishlandi. Senat Raisi Tanzila Narbayeva bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimidagi yutuqlar hamda ekologik ongni shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Shuningdek, “Zamin” xalqaro jamoat fondi orqali amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston eko maktablari” loyihasi doirasida 258 maktab va 492 o‘quvchi faol ishtirok etayotgani, bolalar uchun milliy platformalar orqali ekologik bilim va huquqlarni mustahkamlash imkoniyatlari yaratilayotgani taʼkidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish