Oliy Majlis Senati majlisida davlatimiz rahbari mamlakatimizning keyingi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash bo‘yicha strategik yo‘nalishlarni belgilab bergani qayd etildi.
Shundan kelib chiqib, kengash qarori bilan Senatning istiqbolga mo‘ljallangan Harakatlar dasturi qabul qilindi. Unda Senat oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha qirqqa yaqin aniq chora-tadbirlar va ularni amalga oshirishning aniq mexanizmlari ochib berilgan.
Senat Raisi Tanzila Narbayeva qonunchilik sohasida yangicha tizimda ishlash yo‘lga qo‘yilganini taʼkidladi.
Shuningdek, “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻg’risida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini qizg’in muhokama qilmoqda.
Qonun yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov ma’ruza qildi.
Senat raisi: "Joriy yilda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlarni (16 ta) amalga oshirish uchun yo‘natirilgan mablag‘lar jami byudjet xarajatlarining 69 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, kelgusi yilda bu 72 foizdan ziyodni (qariyb 246,5 trln so‘m) tashkil etishi belgilangan."
👉 Batafsil Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasida