Oliy Majlis Senati Kengashi majlisida Senatning to‘rtinchi yalpi majlisini 2025-yil 20-fevral kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yalpi majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Majlisda ko‘rib chiqiladigan asosiy masalalar orasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash, diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kredit axboroti almashinuvini yana-da takomillashtirish, soliq maʼmuriyatchiligi, yer uchastkalaridan foydalanish, qurilish tartibi, donorlik harakatiga doir, shuningdek, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunlar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Majlis kun tartibidan sud, mahkumlarning jazo o‘tashdagi huquqlari, chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bilan bog‘liq qonunlar ham o‘rin olgan.