2024-yil 8-noyabr kuni Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi talabalari Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda talabalarga Senatning asosiy vazifalari, uning vakolatlari, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar va parlament nazorati dolzarb masalalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Ushbu maʼlumotlar yoshlarning qonunchilik jarayonini yanada chuqurroq tushunishlariga xizmat qilishi taʼkidlandi.
O‘z navbatida, talabalar parlament yuqori palatasining faoliyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.