Oliy Majlis Senatida Yoshlar parlamenti aʼzolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarning ochilish marosimida Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi O. Kozixonova hamda Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D. Kattaxanova yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.
Seminar davomida yosh parlament aʼzolari mahalliy kengashlarda samarali ishlash, media va PR texnologiyalari, liderlik, korrupsiyaga qarshi kurash, qonunchilik jarayonida ishtirok va kelajakka mo‘ljallangan rejalar tuzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar oldi. Shuningdek, yoshlar bilan tizimli muloqot, xalqaro hamkorlik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish ham muhokama qilindi.