21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Davlat tili - millatimiz ramzi. Millatning milliy o‘zligini anglashida ona tilining o‘rni beqiyos. Til – bu jahon madaniyatining eng oliy yutug‘i, u insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy kamoloti tarixini aks ettiruvchi ko‘zgudir.


Bundan qariyb 35 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunida ona tilimizning maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo'yilgan.


"Milliy kontent" a'zolari barcha vatandoshlarimizni tarixiy sana, bugungi ayyom bilan qutlaydi!

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish