8 yilda farmatsevtika sanoatida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 8 yilda farmatsevtika sanoati jadal rivojlanib, strategik tarmoqlardan biriga aylandi. 2017–2024 yillarda sohani rivojlantirish bo‘yicha 50 dan ortiq hujjatlar qabul qilindi.

Asosiy ko‘rsatkichlar:

Bozor hajmi 1,8 baravarga o‘sib, 2 mlrd dollarga yetdi.
Mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 4,7 trln so‘mga yetdi.
Dori vositalari ishlab chiqarish 1,5, tibbiy jihozlar — 3 baravarga oshdi.
Mahalliy mahsulotlar soni 2 777 taga yetdi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar soni 2017 yildagi 146 tadan 2024 yilda 202 taga yetdi. Ulardan 61 tasi dori-darmon vositalari, 38 tasi tibbiy uskunalar, 103 tasi esa tibbiy buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Sohaga investitsiyalar hajmi 6 baravarga o‘sib, 2024 yilda 310 mln dollar, shundan 158 mln dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish