Toshkentda bo'lib o'tayotgan O‘zbekiston xalqaro madaniy meros haftaligida bu haqda xabar berildi.
Berlin davlat kutubxonasi saqlanayotgan Boburiylarga oid mazkur hashamatli albomning bir tomonida g‘azallar, ikkinchi tomonida esa miniatyuralar tushirilgan. Qiziq tomoni shundaki, albomdagi g‘azallar Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga tegishli bo‘lib, turkiy tilda yozilgan. Mazkur albomning 25 tasi Germaniyadagi Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan bo‘lsa, qolgan 100ga yaqin qismi Buyuk Britaniya, AQSH, Chexiya hamda Eronda ekanligi maʼlum qilindi.